IYUL
17
2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qaroriga asosan Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi fondini noyob, tarixiy va yuqor

Quyidagi yo‘nalishdagi asarlar xarid qilinadi:
✨ Badiiy bezakli qo‘lyozma kitoblar (shams, unvon, zarvaraq va miniatyuralar bilan bezatilgan);
Original mualliflik ishlari (Sharq miniatyura san’ati an’analarini aks ettiruvchi ijodiy namunalar);
Mashhur asarlardan olingan nusxalar (tarixiy va jahonga mashhur miniatyura durdonalaridan professional darajada, asl o‘lchamida (1:1) ko‘chirilgan nusxalar).
Arizalar va asarlarni qabul qilish:
Taqdim etiladigan ishlar: Asarlarning sifati, texnikasi va badiiy saviyasi komissiya a’zolari (ekspertlar va san’atshunoslar) tomonidan baholanadi.
Murojaat uchun manzil: Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi binosi.
Eslatma: Qo‘shimcha ma’lumotlar, hujjat topshirish muddatlari va bog‘lanish telefonlarini muzeyning ma’muriyati orqali aniqlashtirishingiz mumkin.
(71- 256-28-32);
(97-171-11-46)
Milliy merosimizni birgalikda boyitaylik!
Imkoniyatni boy bermang!