Yangiliklar

Anons

O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san′ati muzeyida 2018 yil 11 aprel soat 12:00 da “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar” Davlat dasturi doirasida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tizimida yosh iqtidorlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash yili”ga bag’ishlangan “Kamoliddin Behzod izdoshlarimiz” nomli Respublika tanlovi ko’rgazmasining ochilishi bo’lib o’tadi.

Ko’rgazma 16 aprelga qadar davom etadi.

Ma`lumot uchun telefon: 8 (371) 256-28-32.