Ko‘rgazmalar

O’zbekiston Hunarmandlar uyushmasi a’zolari,  Toyyiba Art-School maktab asoschilari, xattot hamda naqqoshlar Abdurahmon Abduqayumov va Shermatova Nazokatlarning “Xat ishqi” nomli xattotlik asarlardan iborat ko’rgazmasi

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O’zbekiston Hunarmandlar uyushmasi a’zolari,  Toyyiba Art-School maktab asoschilari, xattot hamda naqqoshlar Abdurahmon Abduqayumov va Shermatova Nazokatlarning “Xat ishqi” nomli xattotlik asarlardan iborat ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori Gulabza Qarshiyeva,  Toshkent Islom instituti Aqoid va Fiqhiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Erkayev Mamurjon, Ko’kaldosh o’rta maxsus bilim yurti o’qituvchisi Shoyimov Muhammadbobur ustozlar so’zga chiqib ko’rgazma ishtirokchilariga iliq tilaklar bildirildi. Ko’rgazmada ishtirokchilarning 50 ga yaqin asarlari o’rin olgan. Ko’rgazma 17-iyungacha davom etadi.